O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turizm iqtisodiyotning ijobiy oʻzgarishlarga ega sohasi deb topildi
2019-01-10 | Turizm
2018-yil davomida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan islohotlar yakunlarini sarhisob qilish maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan aholi oʻrtasida jamoatchilik fikri soʻrovi oʻtkazildi.
Soʻrovda 2018-yilda mamlakatni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning natijalari soʻraldi. Xususan, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlar va jamiyat hayotida roʻy bergan boshqa muhim oʻzgarishlar baholandi.
Unda respublikaning barcha hududlaridan jami 9440 nafar kishi ishtirok etdi.
Jumladan: Qoraqalpogʻiston Respublikasidan – 391 (4,1%), Andijon viloyatidan – 731 (7,7%), Buxoro viloyatidan - 506 (5,4%), Jizzax viloyatidan – 141 (1,5%), Qashqadaryo viloyatidan - 380 (4%), Navoiy viloyatidan - 216 (2,3%), Namangan viloyatidan - 435 (4,6%), Samarqand viloyatidan - 400 (4,2%), Surxondaryo viloyatidan – 783 (8,3%), Sirdaryo viloyatidan -125 (1,3%), Toshkent viloyati - 1411 (15%), Fargʻona viloyatidan – 224 (2,4%), Xorazm viloyatidan - 327 (3,5%) va Toshkent shahridan – 3240 (34,3%). Shuningdek, soʻrovda xorijda istiqomat qilayotgan 130 nafar (1,4%) vatandoshlar ham ishtirok etdilar.
2018 yilda iqtisodiyot sohasining qaysi tarmoqlarida koʻproq ijobiy oʻzgarishlarni sezdingiz?
Turizmni rivojlantirish – 7597 nafar (80,4%)
Investitsion muhitni yaxshilash –6971 nafar (73,8%)
Bank-moliya sohasini rivojlantirish – 6952 nafar (73,6%)
Hududlarni rivojlantirish – 6356 nafar (67,3%)
Soliqqa tortish tizimini takomillashtirish –5799 nafar (61,4%)
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish – 5724 nafar (60,6%)