O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Startup Mix #40 konferensiyasida ishtirok eting!

2019-01-10 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazida joriy yilning 19-yanvar kuni Startup Mix #40 konferensiyasi oʻz ishini boshlaydi.

Oʻtkazish vaqti va joyi: 10:00-16:00, 2019-yilning 19-yanvar kuni, Ilgʻor Texnologiyalar Markazi.

Tadbir manzilini quyidagi havola orqali aniqlashingiz mumkin: https://goo.gl/maps/ZXDyAn73fpQ2

Tadbir dasturiga koʻra, C.A.T. Science Accelerator ilmiy akseleratorining 15 ta startapi uchun Speed Mentoring sessiyasi oʻtkaziladi. Bunda taklif etilgan malakali mutaxassislar biznes-modellar, loyihada hal etilayotgan muammolarning muhimligi, shuningdek jamoalar faoliyatining boshqa jabhalari boʻyicha oʻz fikrlarini beradilar. Bu yakuniy koʻrgazma yoki investorlar uchun taqdimot emas, balki loyihalarning birinchi oylardagi faoliyatining tanqidiy tahlilidir.

C.A.T. Science Accelerator Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan StartupFactorykompaniyasi (bunga qadar IT loyihalar ustida ishlagan) va Green Business Innovation (yashil texnologiyalar va muqobil energiya manbalar sohasida faoliyat yuritgan konsalting kompaniyasi) bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, akselerator yosh olimlar va jamoalarga oʻz tajribalari uchun ilmiy maydon vazifasini oʻtaydi, mutaxassislar koʻmagi va qoʻllab quvvatlovini taqdim etish bilan birga, loyihaning minimal ishchi talqinini ishga tushirishga ham yordam beradi.

Curiosity Machine AI Family Challenge sessiyasida sunʼiy intellekt boʻyicha xalqaro oilaviy tanlovda ishtirok etuvchi loyihalar namoyish etiladi. Bunda 10-15 yoshdagi bolalar hamda ularning ota-onalaridan iborat jamoalar sunʼiy intellekt, mexanika va robototexnika asoslari boʻyicha 9-oylik kursni oʻtaganlik natijalariga koʻra oʻz loyihalarini taqdim etadilar. Har bir jamoa loyihasi mamlakatimiz aholisi uchun ijtimoiy nuqtai nazardan muhim boʻlgan biron muammoni sunʼiy intellekt yordamida timsoliy ravishda hal qiladi. Eng yaxshi loyihalarga homiylar tomonidan mukofotlar topshiriladi. Barcha loyihalarga ekspertlar va tinglovchilar oʻz fikrlarini bildirib, maslahatlar beradilar.

Qozogʻistonlik mutaxassis Dina Mukasheva Storrytelling boʻyicha sessiya oʻtkazishi rejalashtirilgan boʻlib, video, taqdimot va reklamada hikoya qilish usullari oʻrgatiladi.

Curiosity Maker Space & Maker Space Almaty dan interfaol mahorat darslarida 14 yoshdan katta oʻsmirlar avtomatik tizimlar va robototexnika bilan shugʻullanish uchun moʻljallangan Arduino uskunaviy-dasturiy vositasi yordamida platalar va elektronika bilan ishlaydilar, oʻz original belgilarini yaratadilar.

Konferensiyada, shuningdek, Technovation Challenge – qizlar uchun eng yirik xalqaro texnologik tanlov haqida maʼlumot beriladi. Taʼkidlash joizki, mazkur tanlov Oʻzbekistonda 3 yildan beri oʻtkazilmoqda. Technovation Uzbekistan 2019 sessiyasi doirasida tashkilotchi va hamkorlar oʻz tabrik nutqlari bilan chiqadilar, tanlovda ishtirok etish shartlari taqdim etiladi va jamoalarni shakllantirish boʻyicha ishtirokchi va mentorlar (murabbiylar) uchun interfaol sessiya oʻtkaziladi.

Tadbirda tinglovchi sifatida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtish konferensiyaning rasmiy sayti – www.startupmix.uz da amalga oshiriladi. Tinglovchilar uchun joylar soni chegaralangan.

Ishtirok etish bepul.

Akselerator telefon raqamlari (maʼlumot uchun):

+998 71 227 43 21, +99897 700 16 38

Sayt: www.cat-sa.uz

Facebook: www.facebook.com/cat.science.accelerator

Telegram: https://t.me/CATscienceAccelerator

Tadbir auditoriyasi: 150-200 kishi (biznesmenlar, IT-tadbirkorlar, startapchilar, marketologlar, jurnalistlar, talabalar).

Konferensiya Ilgʻor Texnologiyalar Markazi va Toshkentdagi Inxa Universiteti bilan hamkorlikda oʻtkaziladi (konferensiyaning ikkinchi kuni Inxa universitetida oʻtkaziladi).

Поделиться