O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oilaviy ajrimlarning oldini olish- jamiyat tinchligi va farovonligi asosi

2019-01-09 | Jamiyat

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Oliy sud bilan hamkorlikda oilalar mustahkamligini taʼminlash, voyaga yetmagan bolalar huquqini himoya qilish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga asosan joriy yilning 7-yanvar kuni viloyat Qishloq va suv hoʻjaligi boshqarmasi faollar zalida Oliy sud sudyalari A.Murodov, N.Maxkamova va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bosh mutaxassisi S.Isakov, viloyat va tuman (shahar) fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar, Xotin-qizlar qoʻmitalari, Oila markazlari, viloyat Mahalla jamgʻarmasi, viloyat imom xatibi ishtirokida notinch oilalar bilan suhbat, ularning muammolarini oʻrganish, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish choralarini koʻrish maqsadida seminar va sayyor sudlar oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan seminar va sayyor sudlarda 50 nafardan ortiq notinch va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ishtirok etdi. Olib borilgan tushuntirish ishlari sayyor sudlar natijasida shu yerni oʻzida 4 nafar oilani yarashtirishga erishildi. Viloyat Xotin-qizlar qoʻmitasi va qator hamkor tashkilotlar bilan bunday xayrli ishlar davom ettiriladi.

 

N. Gʻafurova

Sirdaryo viloyati hokimligi Xotin-qizlar

masalalari kotibiyati

bosh mutaxassisi

Поделиться