O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi

2019-01-09 | Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha xalq taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi Prezident farmoni loyihasini muhokama etish uchun eʼlon qilindi.

Mazkur konsepsiyada 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish uchun yoʻl xaritasi tasdiqlanishi taklif etilgan. Ushbu hujjat mamlakatimizda 2030-yilgacha xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan.

Konsepsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Uzluksiz taʼlim, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini mazmunini sifat jihatdan yangilash;
  • Taʼlim berish metodlarini takomillashtirish, oʻquv jarayonini individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich amalga oshirish;
  • Xalq taʼlimi tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda innovatsion loyihalarni joriy etish;
  • Xalq taʼlimi tizimidagi taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va byudjet mablagʻlarini moliyalashtirish samaradorligini oshirish;
  • Yoshlarni tarbiyalash, shuningdek, ularning bandligini taʼminlashda maktabdan tashqari taʼlimning zamonaviy usullari va yoʻnalishlarini joriy etish.

Konsepsiya loyihasida taʼkidlanishicha, 2019-yil 1-yanvar holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida 9691 ta umumtaʼlim maktablari (jumladan, ayrim fanlarni chuqur oʻrganish boʻyicha 335 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktablar) mavjud. Ayni vaqtda umumtaʼlim maktablarida 5,2 milliondan oshiq oʻquvchi, shuningdek 37 ta nodavlat taʼlim muassasasida esa 7,5 mingga yaqin oʻgʻil-qiz tahsil olmoqda.

Umumiy taʼlimning bir qismi boʻlgan qoʻshimcha taʼlim bolalarning ijodiy salohiyati hamda qobiliyatini rivojlantirishga imkon beradi. Mazkur maktabdan tashqari taʼlim 211 ta “Barkamol avlod” ijodiyot markazlarida tashkil etilgan. Ushbu markazlardagi jami 5054 ta turli yoʻnalishdagi toʻgaraklarda 140 mingdan ortiq oʻquvchi iqtidori rivojlantirilmoqda.

Shuningdek, yurtimizda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, 51 ta mutaxassislik boʻyicha 1449 ta oʻquv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan.

Bundan tashqari, xalq taʼlimi tizimida nogiron bolalar uchun 85 ta ixtisoslashtirilgan maktab va internatlar faoliyat yuritadi. Mazkur muassasalarning 50 tasi aqlida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, ularda 18533 nafar bolalarga taʼlim beriladi.

Skolioz bilan kasallangan bolalar uchun 21 sanatoriya-internati hamda 9 ta internat maktablari, shu bilan birga surunkali nafas yoʻllari kasalliklari boʻlgan oʻgʻil-qizlar uchun 12 nafar internat maktablari mavjud.

Shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor hamda uzoq muddatli davolanishga muhtoj boʻlgan 10777 nafar oʻquvchi uy sharoitida taʼlim oladi. Tarbiyasi ogʻir bolalar taʼlimi ikki muassasada amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasida 19 mehribonlik uyi va 3 ta bolalar shaharchalari mavjud. Ularda 2441 ta yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻqitilmoqda.

Konsepsiyada shuningdek, xalq taʼlimi sohasidagi mavjud muammolar koʻrsatilgan. Xususan, mazkur muammolar maktab maʼmuriyati tizimida ham mavjud. Jumladan, mahalliy davlat idoralari maktablarga yordam bermasligi taʼkidlangan. Bundan tashqari, davlat taʼlim xizmatlari darajasi aholi talab va takliflariga javob bermaydi.

Farmon loyihasida umumiy oʻrta taʼlimni metodik taʼminlashda kamchiliklar mavjudligi taʼkidlanadi. Darsliklarning muqobil varianti mavjud emas. Maktablarni moddiy-texnik jihozlash va moliyalash tizimida ham muammolar mavjud.

Alohida taʼkidlash joizki, mazkur konsepsiya xalq taʼlim tizimining rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi. Hujjatga binoan, taraqqiyotning ustuvor yoʻnalishlari taʼlim mazmunini modernizatsiyalaydi. Tarkibiy oʻzgarishlar hamda sifatli taʼlimning teng huquqliligini taʼminlaydi.

Jumladan, konsepsiyada, eng avvalo, kelajakda innovatsion iqtisodiyotni yaratish uchun zarur boʻlgan kasblarni egallashda asqotadigan chet tillari, informatika, matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi sohalarda kompetensiyaviy taʼlim modelini yaratish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim mazmunini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar koʻriladi. Yangi oʻquv standartlari, dasturlar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar innovatsion tarzda yaratiladi.

Eʼtiborlisi, oʻquvchilarning kasb-hunar tanlashi, professional kasbni egallashi hamda ularni zamonaviy kasblarga tayyorlashda oʻgʻil-qizlarning qobiliyatini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilishi kutilmoqda.

Maxsus taʼlimni rivojlantirish maqsadida psixologik va pedagogik yordamga muhtoj bolalar taʼlimi hamda tarbiyasiga ota-onalarning ham jalb etish belgilangan.

Shuningdek, oʻqituvchi va rahbarlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida, qolaversa, ularning taʼlim jarayonida zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishini inobatga olgan holda xalq taʼlimida yangi ish haqi tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

Taʼlim va ishlab chiqarish komplekslari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida hamkorlik munosabatlari shakllantiriladi. Birgalikda mehnat bozori oʻrganilib, nogiron bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv taʼlim tizimi yaratiladi, Jumladan, umumiy taʼlim muassasalarida maxsus asbob-uskunalar (koʻtarish apparatlari, rampalar, tirgak va boshqalar) oʻrnatiladi. Shuningdek, taʼlim muassasalari tegishli inson resurslari (pedagogik defektologlar, bolalarni psixologik va pedagogik qoʻllab-quvvatlash mutaxassislari) bilan taʼminlanadi.

Taʼlim yutuqlarini baholashda xalqaro tadqiqot dasturi (PISA) doirasida umumiy oʻrta taʼlim sifatini baholashning milliy tizimi yaratiladi.

Konsepsiya doirasida umumtaʼlim muassasalari, ayniqsa olis qishloq hududlarida joylashgan maktablarning taʼlim resurslari taʼminoti sifatini yaxshilash boʻyicha, shuningdek, barcha taʼlim maskanlarining Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash va oʻquv jarayonini kompyuterlashtirish darajasini oshirish boʻyicha choralar koʻriladi.

Chekka hududlardagi taʼlim muassasalarida oʻqituvchilar ishining jozibadorligini oshirish uchun sharoitlar yaratish rejalashtirilgan.

Endilikda doimiy ravishda nogiron bolalarga koʻmak beriladi va ular taʼlim muassasalariga qamrab olinadi. Bundan tashqari, nodavlat taʼlim muassasalari tarmogʻi, shuningdek, davlat-xususiy sektori hamkorligida faoliyat yurituvchi taʼlim muassasalari tarmogʻi kengaytiriladi.

Mazkur konsepsiyani amalga oshirish natijasida Oʻzbekistondagi taʼlim muassasalarida yangi davlat taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlari joriy etiladi. Shu bilan birga, umumiy oʻrta taʼlimga oid zamonaviy innovatsion hamda iqtisodiyot talablariga javob beruvchi STEAM fanlari yaratiladi. Yuqorida sanab oʻtilgan islohotlarning barchasi maʼlumotlarni yodlash yoki takrorlashga urgʻu berish uchun emas, aksincha, XXI asrda tanqidiy fikrlash, mustaqil izlanish hamda axborotni tahlil qilish uchun amalga oshiriladi.

Qolaversa, oʻquvchilar kompetensiyalarini rivojlantirish uchun zamonaviy taʼlim texnologiyalari joriy etiladi. Mamlakatimizda Prezident maktablari hamda “Zamonaviy maktablar” tashkil etiladi.

Xalq taʼlimi vazirligi ushbu hujjatning takomillashtirishga hissa qoʻshish uchun barchani, jumladan, tajribali oʻqituvchilarni taklif etadi. Mazkur hujjat loyihasining muhokamasi 2019-yilning 22-yanvarigacha davom etadi.

Поделиться