O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Byudjet va soliq kodekslarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha Moliya vazirligi Gʻaznachiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi

2019-01-09 | Iqtisodiyot

Yigʻilishda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Toshkent shahri boʻyicha Soliq, Moliya va Gʻaznachilik boshqarmalari masʼul xodimlari ishtirok etishdi. 

Yigʻilishning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi byudjet va soliq kodekslariga Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻZQ-508-sonli “Soliq va byudjet siyosatining 2019-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” gi Qonunga muvofiq kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar muhokama qilindi.

Soliq kodeksining 56-57 moddalariga kiritilgan oʻzgartirishlar natijasida soliqning ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olish yoki qaytarish endilikda tegishli moliya organlarning oʻrniga Moliya vazirligi Gʻaznachiligi orqali amalga oshirilishi belgilanib oʻtildi. Bu esa ortiqcha va notoʻgʻri toʻlangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni tezkorlik bilan qaytarilishi taʼminlanadi.

Maʼlumot uchun: Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olish hamda qaytarib berish davlat soliq xizmati organlari tomonidan rasmiylashtirilib, Moliya va Gʻaznachilik organlariga ijro uchun yuborilgan.

Поделиться