O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yil sarhisobi boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazildi

2019-01-09 | Madaniyat

Joriy yilning 8-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2022-yillarda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari shu bilan birga Madaniyat vazirining yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar va 2019-yilda koʻzlangan rejalar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Matbuot anjumanida Madaniyat vaziri 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari qabul qilinganligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi va ular ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan soʻzladi.

Ayniqsa, 2019-yilda rejalashtirilgan Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasida 9 ta asosiy qoʻyidagi yoʻnalishlar, yaʼni 1. Moddiy, nomoddiy madaniy meros, muzeylar; 2. Teatr, kino va sirk; 3. Milliy musiqa sanʼati; 4. Milliy estrada sanʼati; 5. Milliy raqs sanʼati; 6. Tasviriy va amaliy sanʼat; 7. Madaniyat va istirohat bogʻlari hamda madaniyat markazlari; 8. Ilm-fan, taʼlim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish; 9. Madaniyat turizmi boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar borasida toʻliq maʼlumotlar berildi.

Maʼlumotlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlari negizida madaniyat markazlari tashkil etilayotganligi, 2019–2022-yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital taʼmirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli roʻyxati tasdiqlanganligi, roʻyxatga koʻra 2019–2022-yillarda 147 ta obyektda qurilish, taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi belgilanganligi, shulardan yangi bino qurish (26 ta obyekt), rekonstruksiya (45 ta obyekt), kapital taʼmirlash (76 ta obyekt)ni tashkil etilishi rejalashtirilganligi, 2019-yilda davlat buyurtmasi asosida Amir Temur (Namangan) va Hakim at-Termiziy (Surxondaryo) mavzularida tarixiy spektakllar, Abay, Boburshoh (Toshkent sh.) va Temur Malik (Samarqand) kabi 100 dan ortiq koʻplab mavzulardagi yangi spektakllar sahnalashtirilishi, 1 ta teatr yangi bino qurish, 2 ta teatr binosi rekonstruksiya qilish, 1 ta teatr binosini mukammal taʼmirlanishi, 2019 yildan 30 ta muzeyning “Virtual muzey” bazasini yaratish va Oʻzbekiston muzeylari yagona portalini yaratish ishlari yakunlanishi aytildi.

Shu bilan birga, 2019-yilda oʻtkaziladigan Xalqaro festivallar borasida soʻz bordi, 5-10-aprel kunlari Surxondaryo viloyatida ilk marotaba oʻtkaziladigan “Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali”, Buyuk ipak yoʻli (Margʻilon, iyul),“Sharq taronalari” (Samarqand, avgust), “Raqs sehri” (Xiva, sentyabr), Hunarmandchilik (Qoʻqon, sentyabr).

Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha 2019-2020-yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, unga asosan A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida “Opera va balet sanʼati” xalqaro festivalini oʻtkazish (2 yilda bir marta, dastlab 2019-yilda), internet tarmogʻida respublikadagi mavjud barcha muzeylarning yagona portalini tashkil etish, tarixiy, ilmiy, “Sahrodagi qasrlar”, “Sarmishsoy qoyatosh rasmlari”, “Xonbandi”, “Zarautsoy qoyatosh rasmlari”, “Qadimiy Termiz” obyektlarini YUNЕSKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritish choralarini koʻrish respublikada hamda Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga oid xorijiy davlatlardagi nomoddiy madaniy meros elementlarini yozib olish, ular asosida “Oʻzbekiston nomoddiy madaniy merosi” toʻplamini nashr etish, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan milliy musiqa asarlari orasidan madaniy qimmatga egalarini saralab, milliy musiqiy asarlar fonotekasini yaratish rejalashtirilganligi haqida maʼlumot berildi.

Oʻzbekiston xalqining umummilliy boyligi hisoblanadigan madaniy merosimizni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va undan foydalanish borasida mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari YUNЕSKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga, “Boysun madaniy muhiti”, “Shashmaqom musiqasi”, “Navroʻz”, “Katta ashula”, “Askiya”, “Palov madaniyati va anʼanalari” nomzodlari Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga, Usmon Qurʼoni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar toʻplami, Xiva xonligi devonxonasi hujjatlari Jahon xotirasi roʻyxatiga kiritilgani yurtimiz madaniy merosining dunyo miqyosida eʼtirof etilganiga yorqin misol boʻla oladi.

Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish, ulardan oqilona foydalanish va yurtimizning sayyohlik salohiyatini oshirishda ularning oʻrni va ahamiyatini oshirish hamda moddiy madaniy meros sohasidagi davlat nazoratini tubdan takomillashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi hamda uning mintaqaviy davlat inspeksiyalari negizida, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Xullas, Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev tomonidan OAV oldida berilgan hisobotining soʻz yakunida “madaniyat va sanʼat sohasiga Davlat rahbari tomonidan berilayotgan eʼtibor tufayli koʻz bilan koʻrib, qoʻl bilan ushlaydigan davr keldi”-deb soʻz navbatini yakunladi.

Undan soʻng, navbat ommaviy axborot vositalari bilan savol javoblarga oʻtdi. Asosiy savollar moddiy madaniy meros obyektlarimizga oid boʻldi va Madaniyat vazirining oʻrinbosari Kamola Akilova hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti xodimlari tomonidan javoblar berildi.

Поделиться