O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Metodistlar uchun trening tashkil etildi

2019-01-08 | Jamiyat

Bugungi kunda xalq taʼlimi tizimida Muhtaram yurtboshimiz boshchiligida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu borada umumtaʼlim maktablardagi psixologlar, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha mutaxassislar (proforiyentator)ga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlar shular jumlasidandir.

Mazkur islohotlarning amaliyotga joriy etilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3907-son qarori ijrosini taʼminlash oldimizda turgan asosiy vazifalardan biridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2019 yil 8 yanvar kuni “Zamonaviy shaxs koʻnikmalari – “yumshoq” koʻnikmalarni rivojlantirish. Tushunchalar, amaliyot va nazariya” mavzusidagi trening oʻtkazildi.

Mazkur treningni biznes-trener, psixolog-Venera Ermetova olib boradi. Treningda Toshkent shahrining tuman metodistlari va tashxis markazining mutaxassislari ishtirok etdi.

Treningdan koʻzlangan asosiy maqsad taʼlim sohasidagi mutaxassislarning zamonaviy koʻnikmalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, taʼlim va tarbiya jarayonning natijadorligi va unumdorligini oshirishda ushbu koʻnikmalarni pedagog kadrlarda rivojlantirishning ahamiyatini anglashlari orqali kelajakda mazkur yoʻnalishda faoliyat yuritishga tayyorlashdan iborat.

Trening davomida quyidagi mavzular yoritildi:

  • Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha natijalarga erishishda zamonaviy koʻnikmalarning ahamiyati.
  • Kelajakda oʻta zarur koʻnikmalar. Tushuncha, nazariya va amaliyot
  • Emotsional kapital yoki emotsional intellekt?
  • Motivatsiya. Motivatsiya oʻzi nima? Oʻz-oʻzini samarali motivlashtirish tizimi.
  • Shaxsning kuchli va zaif tomonlari. Oʻz-oʻzini baholash va oʻz ustida ishlash rejasi.

Mazkur trening ishtirokchilari kelgusida respublikamizning barcha tumanlarida faoliyat olib borayotgan metodistlar va tashxis markazining mutaxassislarini kaskad usulida oʻqitishlari maqsad qilib olingan.

Поделиться