O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoylik hamkorlar bilan yangi istiqbolli loyihalar yoʻlida!

2019-01-08 | Jamiyat

Peshkoʻ tuman hokimining taklifiga binoan Xitoy ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari, ikki davlat oʻrtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini kelishib olish maqsadida yurtmizga tashrif buyurishdi.

Muzokaralar jarayonida, xalqlarimiz va davlatlarimiz oʻrtasida buyuk ipak yoʻlining qayta tiklanishi deya baholanayotgan “Bir makon, bir yoʻl” loyihasi iqtisodiy hamkorligimizni yanada kengaytirish, savdo va investitsiya sohalarida qulay sharoitlar yaratish, qishloq xoʻjaligi, turizm, taʼlim, madaniyat sohalarida hamkorlik salohiyatini oshirishda muhim oʻrin tutishi xususida ham atroflicha fikr almashildi.

Xitoylik investorlar Peshkoʻ tumanida qurilish mahsulotlari (kafel, sunʼiy marmar), sport anjomlari, kompyuter va telefon apparatlari ishlab chiqarish, mehmonxona qurilishi hamda chorvachilik komplekslarini barpo etish borasida bir qator takliflarni bildirishdi.

Shuningdek, tumanning investitsion va turizm imkoniyatlarini oʻzida aks ettirgan

30 dan ortiq loyihalar taqdimoti va video roliklar mehmonlarning katta qiziqishiga sabab boʻldi.

Поделиться