O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlantirish kengashi

2019-01-08 | Innovatsiya

Navoiyda ishbilarmon tadbirkorlar hamda yangidan faoliyat boshlamoqchi boʻlgan yoshlarning innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlovchi va takliflarni ishlab chiquvchi, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni tashkil etishda yangi gʻoyalar hamda eng ilgʻor xorij tajribalarini amaliyotga joriy qilish boʻyicha takliflarni shakllantiruvchi “Innovatsion rivojlantirish kengashi” tashkil etildi.

Mazkur tuzilma viloyatda axborot kommunikatsiya texnologiyalardan keng foydalangan holda yangi xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni shakllantirishda koʻmaklashuvchi jamoatchilik organi sanaladi. Ushbu kengash raisi etib iqtisodchi-marketolog “DEKOS” kompaniyasi asoschisi Hasan Mamasaidov nomzodi tasdiqlandi. Taʼsis yigʻilishida kengash raisi oʻrinbosarligiga viloyat hokimi Kobul Tursunov saylandi.
 
Shu kuni viloyat yoshlari va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida hududni yanada rivojlantirishda zamonaviy, innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish boʻyicha tashkil etiladigan bir qator davra suhbatlari, “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida tajribali tadbirkorlar va yoshlar ishtirokida uchrashuv, “Yosh tadbirkorlar” bilan kovorking markazida tajribali tadbirkorlarning biznes sirlari boʻyicha treninglar tashkil etildi.
 
Ushbu treningni respublikamizda eng tajribali, xorijiy davlatlarda tahsil olib qaytgan 10 dan ortiq tadbirkorlar olib bordi.
 

Nuriddin Rahimov, OʻzA

Поделиться