O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy Elchisi bilan uchrashuv
2019-01-08 | Siyosat
2019-yilning 8-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston – Xitoy munosabatlarining dolzarb jabhalari muhokama qilindi. Shuningdek, 2019-yilga moʻljallangan qoʻshma tadbirlarning jadvali borasida ham fikr almashildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston delegatsiyasining “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumida ishtirokiga oid amaliy masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.