O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buyuk Britaniya Elchisi bilan uchrashuv
2019-01-08 | Siyosat
2019-yilning 8-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya Favqulodda va Muxtor Elchisi Kristofer Allanni qabul qildi.
Suhbat chogʻida 2018-yildagi ikki tomonlama hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi va boshlangan yilda aloqalarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda turli darajada boʻlajak Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya uchrashuvlari muddatlari va kun tartibi boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.