O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hokim oʻrinbosarlari oʻqiyapti
2019-01-08 | Jamiyat
Samarqand veterinariya meditsinasi institutida Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari tumanlari hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari oʻquv-seminari boshlandi.
7-15-yanvarga moʻljallangan hududiy seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi, Suv xoʻjaligi vazirliklari va boshqa vazirlik, davlat qoʻmitalari mutaxassislari, olimlar soha faoliyatini tahlil etib, oʻtgan mavsumda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yoʻllari, hosildorlikni oshirish, yer va suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, bu borada jahon tajribasini qoʻllash, kadrlar malakasini oshirish kabi mavzularda muhokamalar oʻtkaziladi.
Shuningdek, oʻquv davomida ishtirokchilar viloyatdagi fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari faoliyati bilan ham yaqindan tanishadi.
Seminar yakunida sohani rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi.
Oʻ.Xudoyberdiyev.