O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya vazirligida “Qarzni boshqarish va moliyaviy tahlil tizimi“ (DMFAS-6) joriy etildi

2019-01-08 | Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzi monitoringini yuritish, unga xizmat koʻrsatish, hisob va hisobotlarni avtomatlashtirish maqsadida Moliya vazirligida “DMFAS-6” dasturiy majmuasi oʻrnatildi.

Osiyo taraqqiyot bankining begʻaraz texnik koʻmagi - “Investitsion loyihalarni va tashqi qarzni boshqarish tizimini takomillashtirish orqali davlat organlarini salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida Moliya vazirligi OTB va BMT Savdo va taraqqiyot boʻyicha konferensiyasi (YUNKTAD) bilan hamkorlikda “Qarzni boshqarish va moliyaviy holat tahlili tizimini joriy etish” komponenti amalga oshirildi.

2018-yilning 10-21-dekabr kunlari Moliya vazirligida YUNKTAD missiyalari tashkil etildi.

“DMFAS-6” DMni oʻrnatish va texnik xizmat koʻrsatish” missiyasi “DMFAS-6” DMni oʻrnatish va texnik kuzatuvni oʻrgatishni oʻz ichiga olgan boʻlib, 2018-yil 10-19-dekabr kunlari YUNKTADning tizim-dasturchisi janob Jon Barrozo tomonidan oʻtkazildi. 

“DMFAS-6” DMdan foydalanish boʻyicha boshlangʻich vazifaviy tayyorgarlik” missiyasi dasturiy majmua bilan tanishish, oʻrganish, tekshirish va dasturga maʼlumotlarni kiritish bilan bogʻliq boʻlgan savollarga echim topishni oʻz ichiga olgan boʻlib, 2018-yil 10-21-dekabr kunlari YUNKTADning mustaqil vakili janob Artak Marutyan tomonidan oʻtkazildi. Mazkur seminarlarda Moliya vazirligining xodimlari qatnashib, unda Moliya vazirligi va YUNKTAD xodimlari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashildi. 

Maʼlumot uchun: “DMFAS-6” DM “Qarzni boshqarish va moliyaviy tahlil tizimi”- BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (YUNKTAD) tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, bu davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni integratsiyalash imkonini beradi hamda uning holatini yuqori darajada tahlil qilishni oʻz ichiga olib, asosan Moliya vazirligi va Markaziy bankda qoʻllaniladi. Qayd etish joizki, “DMFAS-6” DM jahonning 57 davlati va 84 dan ziyod moliyaviy-iqtisodiy institutlarida keng foydalaniladi. Soʻnggi yillarda “DMFAS-6” DM davlat qarzini boshqarish, davlat qarzi portfelini tahlil qilish va hisobini yuritishda koʻplab hukumatlarga oʻz imkoniyatlarini yaxshilashda muvaffaqiyatli yordam berdi. Shuningdek, “DMFAS-6” DM oʻz foydalanuvchilariga davlatning ichki va tashqi, qisqa, oʻrta va uzoq muddatli qarzlari boʻyicha hamda qayta kreditlash operatsiyalarini monitoring qilish imkoniyatini taʼminlab beradi. Qoʻshimcha ravishda, tizim doirasida xususiy qarz va grantlarni ham hisobini yuritish mumkin. Davlat xarajatlariga kelsak, “DMFAS-6” DM byudjet ijrosi boʻyicha davlat moliyaviy tizimiga ham ulanishi mumkin. 

Bajarilgan ishlar davomida mutaxassislar shuni taʼkidladilarki, ushbu tizim mamlakatning qarzdorlik portfelini batafsil tahlil qilish uchun asosiy poydevor boʻlib xizmat qiladi, bu esa Davlat qarzini boshqarishning oʻrta muddatli strategiyasini sifatli amalga oshirish imkonini beradi. 

Taʼkidlash joizki, ayni vaqtda Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan amaldagi kreditlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat qarzini toʻliq nazorat qilish va avtomatlashtirish, shuningdek, davlat qarz portfelini xalqaro standartlarga javob beradigan darajada batafsil tahlil qilish maqsadida “DMFAS-6” DM ga kiritilmoqda.

Tashkil etilgan missiyalar mehmondoʻst va konstruktiv muhitda oʻtkazilib, qarzni boshqarish va moliyaviy holat tahlili tizimini mukamallashtirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Поделиться