O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eng yaxshi intellektual mulk obyektlari uchun “Best IP - 2019“ tanlovi eʼlon qilinadi

2019-01-07 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi Respublikada eng yaxshi intellektual mulk obyektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash orqali ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodni ragʻbatlantirish, innovatsion faollikni oshirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga koʻmaklashish hamda yoshlarni innovatsion ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi ixtiro“, “Eng yaxshi foydali model“, “Eng yaxshi sanoat namunasi“, “Eng yaxshi seleksiya yutugʻi“, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi“ hamda “Yoshlar oʻrtasida eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi“ nominatsiyalari boʻyicha “Best IP - 2019“ tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovga soʻnggi 3 yil (2016-2018-yillar) davomida muhofaza hujjatlari olingan va amalda saqlab turilgan ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari hamda mahalliy mualliflar (huquq egalari) tomonidan yaratilgan EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalari hamda seleksiya yutuqlari qabul qilinadi.

Tanlovning yoshlar oʻrtasidagi eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi nominatsiyasi yoʻnalishi boʻyicha 40 yoshga toʻlmagan oʻzining EHM uchun yaratilgan dasturiga ega boʻlgan shaxslar hujjatlarini topshirishi mumkin.

Ilgari oʻtkazilgan tanlovlarda mukofotli oʻrinlarni egallagan mualliflar yoki huquq egalarining arizalari Nizomga muvofiq oʻtkaziladigan tanlovda koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2019-yilning 10-yanvaridan 2019-yil 12-apreliga qadar qabul qilinadi. Tanlov gʻoliblari “26-aprel - Xalqaro intellektual mulk kuni“ arafasida eʼlon qilinadi. 

Tanlov ishtirokchilari quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:

- Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tanlovda ishtirok etish uchun ariza;

- muhofaza hujjati (lari)ning nusxasi; 

- obyektdan foydalanish dalolatnomasi yoki obyektni foydalanishga tayyorligi toʻgʻrisidagi boshqa hujjat (tajriba yoki sanoat sinovi dalolatnomasi, litsenziya shartnomasi, tadbiq qilish dalolatnomasi va sh.k.)

Tanlovga talabnomalar ish kunlari soat 9:00dan 17:00gacha quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 
100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59-uy. 

Hujjatlar Eng yaxshi intellektual mulk obyektlari uchun “Best IP - 2019“ tanloviga“ deb koʻrsatilgan holda topshirilishi lozim. 

Shuningdek, tanlovga hujjatlar elektron tarzda tanlov@ima.uz elektron manzilida ham qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun telefonlar: 0 371 232-50-32, 0 371 232-50-40. 

Koʻrib chiqish uchun qabul qilingan ariza va hujjatlar tanlov ishtirokchilariga qaytarilmaydi va ularga taqrizlar berilmaydi.

Tanlov toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotni Agentlik saytidan olishingiz mumkin.

Поделиться