O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jizzaxda “Harbiy Vatanparvarlik“ festivali oʻtkazildi
2019-01-07 | Jamiyat
Yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan harbiy Vatanparvarlik oyligi doirasida 6-yanvar kuni Sharof Rashidov tumani, “Gandumtosh” mahalla fuqarolar yigʻinida “Harbiy Vatanparvarlik“ festivali oʻtkazildi.
Parad doirasida milliy koʻpkari oʻyinlari, harbiy texnika va qurol-yarogʻ koʻrgazmalari hamda harbiylar ishtirokidagi chiqishlar namoyish etildi.
Vatanparvarlik festivali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil topganligini 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish toʻgʻrisida“gi farmoyishiga asosan “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchidir!” shiori ostida oʻtkazildi.