O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vizasiz rejim joriy etilgan mamlakatlar soni 45 taga oshirildi

2019-01-07 | Turizm

Qator xorijiy davlatlarning takliflarini hisobga olgan holda, mamlakatlar aro ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekistonda Viza berish tartibini liberallashtirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda mamlakatimizning tarixiy, madaniy merosi, boy tabiat resurslaridan va mavjud imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizmni tezkor rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi. Farmonda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish kunidan boshlab 30 kun davomida 45 ta mamlakat fuqarolari uchun qoʻshimcha vizasiz rejim joriy qilindi.

Maʼlumot uchun, 2019-yilning 15-yanvaridan boshlab Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolari uchun yurtimizda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilingandi.

Hujjatga koʻra, bu mamlakatlar Avstraliya, Avstriya, Argentina, Bosniya va Gersegovina, Italiya, Kanada, Daniya, Ispaniya, Gollandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Braziliya, Chexiya, Shveytsariya, Mongoliya va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

Ushbu chora-tadbirlar yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar oqimini oshishiga, shuningdek, jahon mamlakatlarini Oʻzbekiston bilan madaniy, ilmiy, savdo-sotiq va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi aloqalarini rivojlanishiga hamda jahon hamjamiyatida yurtimiz imidjini yanada oshishiga yordam beradi.

Endilikda fuqarolari Oʻzbekistonga vizasiz kirish huquqiga ega mamlakatlar umumiy soni 64 tani tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, turizm sohasida viza rasmiylashtirish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlarini 2021-yil 1-yanvarga qadar amalga oshirish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1 fevralidan eʼtiboran quyidagi mamlakatlar fuqarolari Oʻzbekistonga 30 kungacha boʻlgan muddatga vizasiz rejim asosida tashrif buyurishi mumkin boʻladi

  1. Avstraliya
  2. Avstriya Respublikasi
  3. Argentina Respublikasi
  4. Bosniya va Gersegovina
  5. Vatikan
  6. Lyuksemburg
  7. Vengriya
  8. Bruney-Darussalam
  9. Gretsiya Respublikasi
  10. Irlandiya
  11. Islandiya
  12. Italiya Respublikasi
  13. Kanada
  14. Andorra
  15. Lixtenshteyn
  16. Monako
  17. Belgiya
  18. Daniya
  19. Ispaniya
  20. Niderlandiya
  21. Norvegiya
  22. Shvetsiya
  23. Latviya
  24. Litva
  25. Moʻgʻuliston
  26. Yangi Zelandiya
  27. Portugaliya
  28. Bolgariya
  29. Kipr Respublikasi
  30. Malta
  31. Polsha
  32. San-Marino
  33. Serbiya
  34. Sloveniya
  35. Xorvatiya
  36. Chili
  37. Ruminiya
  38. Slovakiya
  39. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
  40. Braziliya
  41. Finlyandiya
  42. Chernogoriya
  43. Chexiya
  44. Shveytsariya
  45. Estoniya

Поделиться