O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqandda Musical World ijodiy jamoasi tomonidan milliy va jahon klassik musiqalari kechasi oʻtkazildi
2019-01-07 | Madaniyat
Mamlakatimizda musiqa sanʼatining barcha yoʻnalishlarini ravnaq toptirish, ularni yangi anʼanalar bilan yanada boyitish, xalqimiz, ayniqsa yosh avlodning maʼnaviyati, musiqiy, badiiy-estetik didini yuksaltirish masalalariga doimiy eʼtibor qaratilmoqda.
Ayni shu eʼtiborning amaliy ifodasi sifatida Samarqand shahrida 2019-yil 5-yanvar kuni Samarqand viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti va “Musical World“ ijodiy guruhi tomonidan musiqiy kecha tashkil etildi.
“TARONALAR BAZMI“ deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbirda milliy va jahon klassik kompozitsiyalari oʻzbek milliy musiqa asboblari (gʻijjak, chang, qashqar rubob, qonun, dutor, doira, rubob) orqali ijro etildi.
Musiqiy kecha tomoshabinlarga juda manzur boʻldi. Tadbir soʻngida tashkilotchilar kelgusida ham bu kabi tadbirlar mahalliy aholi va shahar mehmonlari uchun tez tez tashkil etishga kelishib oldilar.