O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yakkasaroyda investitsion loyihalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

2019-01-05 | Iqtisodiyot

Yakkasaroy tumani hokimligida 2019-yilda tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsion loyihalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy va xorijiy tadbirkor hamda investorlar ishtirok etdi.

2018-yilda tumanda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 33,7 mln AQSH dollarlik 9 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Amalda ushbu koʻrsatkich 128% ga bajarilib 43,1 mln AQSH dollarlik investitsiya oʻzlashtirildi.

2019-yilda hududda umumiy qiymati 1,885 trln soʻmlik 21 ta loyihani amalga oshirish belgilangan. Shundan 12 ta loyihaga 136,3 mln AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya oʻzlashtirish kutilmoqda. Xususan, loyihalarga Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Tailand mamlakatlaridan sarmoyalar jalb etiladi.
Maʼlumot uchun, oʻtgan yilda investorlarga qulaylik yaratish maqsadida “Investition Hub” markazi tashkil etilgan.

Markazda investorlar tumanda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda inshootlar qurish uchun yer maydonlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olishlari mumkin.

Yigʻilish davomida ishtirokchilar mutasaddilardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Поделиться