O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamkorlik istiqbollari taraqqiyotdan dalolat

2019-01-05 | Ta’lim

Qarshi davlat universiteti xalqaro standartlar asosida malakali kadrlarni tayyorlashni kengaytirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining bir qator universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.

2018 yil 18-19 oktyabr kunlari Toshkentda ilk marotaba Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi boʻlib oʻtgan va xalqaro forum yakunlarida rossiyalik hamkorlar bilan jami 114 ta shartnoma va bitimlar imzolangan edi.

Ushbu anjumanda Qarshi davlat universiteti bilan Moskva davlat pedagogika universiteti hamda N.I.Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat
tadqiqot universitetlari oʻrtasida xalqaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shuningdek, Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda Rossiyaning Pedagogik taʼlim 44.03.01 “Tasviriy sanʼat” yoʻnalishi va
Oʻzbekistonning 5110800 – Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishlarida ikki tomonlama diplom boʻyicha oʻquv dasturi asosida kelishuv imzolandi. Kelishuvga koʻra, 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab Qarshi davlat universiteti uchun mamlakatimizda belgilangan kvotadan tashqari, xuddi shuningdek Belgorod davlat milliy tadqiqot universitetida ham belgilangan kvotadan tashqari eng kami 25 nafardan abituriyentlar ushbu dastur boʻyicha oʻqishga qabul qilinadilar.

Shuning barobarida, hozirgi kunda Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan Qarshi davlat universiteti hamkorligida xalqaro pedagogika fakultetini ochish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. Bundan tashqari, shu oyda Belgorod davlat texnologiya universiteti va Oryol davlat universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

2018 yil noyabr oyida Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti va Belgorod davlat madaniyat va sanʼat instituti bilan hamkorlikda ikkita xalqaro ilmiy amaliy konferensiyalar, Belgorod davlat madaniyat va sanʼat instituti bilan xalqaro “Yosh dizaynerlar” forumi hamkorlikda oʻtkazildi. Universitet professor oʻqituvchilari bu konferensiyalar va forumda oʻz maʼruzalar bilan ishtirok etishdi. Iqtidorli dizayner talabalarimiz esa oʻtkazilgan forumda ishtirok etishib, faxrli oʻrinlarga sazovor boʻlishdi.

Поделиться