O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sogʻliqni saqlash vazirligi yangi yilni korrupsiyaga qarshi kurashdan boshladi

2019-01-05 | Jamiyat

Soʻnggi ikki yil davomida mamlakatimizda barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi keskin choralar koʻrilmoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ham yuqoridagi illatgan qarshi faol saʼy-harakatlar olib borilayotir. Bu borada targʻibot va tashviqot ishlari ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois tibbiyot xodimlari va aholi oʻrtasidagi keng tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida hududlarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Taʼkidlash joizki, tibbiyot muassasalari, jumladan, tugʻruq komplekslarida taʼmagirlik va korrupsiya holatlari chuqur oʻrganilib, tahlil etilgan holda tizimli choralar koʻrib borilayotir. Chunonchi, Prezidentimiz qarori asosida davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlari 2018 yil 1 dekabrdan 1,2 baravar oshgan boʻlsa, 2019 yil 1 apreldan 1,15 baravar oshiriladigan boʻldi. Bu boradagi ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish, tibbiyot xodimlarining mehnatini munosib rahbatlantirish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tuzildi.

Bundan tashqari, har bir shifokorning ishiga qarab baholash, muassasalarni davolanganlik holati boʻyicha moliyalashtirish, audit va ichki tekshiruv tizimini yanada takomillashtirish, eng muhimi, jamoatchilik va deputatlarning tizimli nazorati yoʻlga qoʻyilmoqda. “Ishonch telefoni”, turli murojaat va shikoyatlar uchun “Fikr bildirish” qutisi, xodimlar va bemorlar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish, videokuzatuv moslamalarini oʻrnatish kabi choralar ham koʻrilmoqdaki, bu ham boʻlsa sohadagi turli taʼmagirlik va korrupsiya holatlariga chek qoʻyilishiga xizmat qiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligida tomonidan tizimdagi tibbiyot muassasalari, jumladan, tugʻruq komplekslaridagi vaziyatni nazorat qilib borish, korrupsiya va taʼmagirlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik va oldini olish maqsadida koʻplab vazifalar belgilab olindi. Shu asosda mamlakatimizdagi barcha tugʻruq muassasalarida faoliyat olib borayotgan obroʻli va tajribali xodimlardan iborat “Ustozlar kengashi” guruhlari tuzildi.

Tugʻruq komplekslaridagi bemorlar orasida esa anonim soʻrovnoma oʻtkazish borasida tashkillashtirilgan “Fikr bildirish” qutilarini oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Tugʻruq muassasalarida chaqaloqlarni uyga kuzatuv xonalariga qoʻshimcha ravishda videokuzatuv moslamalari oʻrnatildi.

Shifoxonada pullik xizmat va servis xizmatidan foydalanuvchi bemorlar bilan toʻlov shartnomasi qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi tashkil etildi. Shuningdek, ultratovush tekshiruvlarini pullik va bepul aholi qatlami uchun oʻrnatilgan tartibda alohida tashkil etish choralari koʻrildi.

Eslatib oʻtamiz, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻtgan yilda ham taʼmagirlik va korrupsiyaga qarshi jiddiy kurash olib borildi. Jumladan, tizimidagi onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalarida ijobiy maʼnaviy muhitni shakllantirish, tibbiy va xoʻjalik xizmati xodimlarini oʻrnatilgan mehnat tartibiga amal qilishiga erishish, statsionar xizmat sifatini yuksaltirish, taʼmagirlik va poraxoʻrlik holatlarining oldini olish maqsadida oʻtgan yil oktyabr oyida Bosh prokuratura ishtirokida Toshkent shahrida joylashgan 17 ta tugʻruq va ginekologik muassasalarida monitoring ishlari olib borildi. Oʻrganish jarayonida aniqlangan qonun buzilish holatlari boʻyicha 22 nafar tibbiyot xodimi lavozimidan ozod etilgan va intizomiy choralar qoʻllanilgan.

Поделиться