O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Aʼlo taʼtil“ loyihasiga start berildi

2019-01-05 | Jamiyat

Xalq taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan “Aʼlo taʼtil“ loyihasiga Surxondaryo viloyatidagi “Xalqaro yoshlar oromgohi“da start berildi. 3-10-yanvar kunlari tashkil etilgan “Aʼlo taʼtil“ dam olish va ijod oromgohida Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 192 nafar aʼlochi oʻquvchilar hordiq chiqarishadi.

Loyiha ishtirokchilari bugun Termiz temir yoʻl vokzalida kutib olinib, “Xalqaro yoshlar oromgohi“ tomon yoʻl olishdi.

“Aʼlo taʼtil“ loyihasi davomida oʻquvchi yoshlar uchun turli sport tadbirlari, madaniy dasturlar, sayohatlar tashkil etiladi. Bu esa, mamlakat yoshlarining oʻzaro doʻstlashib, fikr almashishlari, taʼtil davrini foydali va mazmunli oʻtkazishlarida ayni muddao.

Shuningdek, loyiha davomida ishtirokchilar Surxondaryoning diqqatga sazovor joylarida boʻlib, viloyatning turizm salohiyati bilan tanishadilar.

“Aʼlo taʼtil“ loyihasi joriy yilning 10-yanvariga qadar davom etadi.

Поделиться