O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Baxshi“ Xalqaro sanʼat festivali

2019-01-05 | Madaniyat

2019-yil 5-10-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan birinchi marotaba tashkil etilayotgan “Baxshi” xalqaro sanʼat festivali Termiz shahrida boʻlib oʻtadi. Baxshichilik - asrlar davomida xalqimizning musiqa va folklor anʼanalarini avloddan avlodga yetkazayotgan milliy sanʼat turlaridandir.

Har qanday millatning asl tarixi va madaniyati, birinchi navbatda, ogʻzaki ijodiy ishi, folklori, xalq eposi bilan ifodalanadi. Folklor bu milliy qadriyatlar va anʼanalarni saqlash va rivojlantirishda bebaho manbadir.

Jahon hamjamiyatini milliy oʻzbek badiiy sanʼatining noyob namunalari bilan keng tanishtirish, yoshlarning ushbu sanʼat turlariga qiziqtirish va qiziqishlarini oshirish, qardosh xalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlash, ijodiy aloqalar va madaniy hamkorlik doiralarini kengaytirish maqsadida har 2 yilda bir marotaba, aprel oyining boshlarida “Baxshi“ Xalqaro sanʼat darajadagi festival oʻtkaziladi.

Поделиться