O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida qatnashadi

2019-01-04 | Sport

2019-yil nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo sportchilari uchun masʼuliyatli yillardan, desak xato qilmaymiz. Boisi, joriy yilda Olimpiya oʻyinlari dasturiga kirgan sport turlari boʻyicha Tokio-2020 olimpiadasiga yoʻllanmalar oʻynaladi.

Ana shunday musobaqalardan biri 8-13 yanvar kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida tashkil etiladi. Unda “sariq qitʼa”ning yetakchi velosportchilari trek yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati gʻolibligi uchun bahs olib borishadi. Ushbu nufuzli musobaqa bir vaqtning oʻzida Tokio-2020 olimpiadasiga saralash vazifasini ham oʻtab beradi.
 
Boʻlajak musobaqaga terma jamoamiz aʼzolari ham jiddiy tayyorgarlik koʻrishgan. Ajab emaski, joriy yildagi ilk yorqin gʻalabalarni velosportchilarimiz qoʻlga kiritishsa.
 
Osiyo chempionatida terma jamoamiz quyidagi tarkibda qatnashadi:
 
Erkaklar:
 
Daniil Yevdokimov
 
Aleksey Fomovskiy
 
Dmitriy Sirko
 
Murodjon Xolmurodov
 
Ayollar:
 
Olga Zabelinskaya
 
Yekaterina Knebelova
 
Yanina Kuskova
 

Otabek Eshmamatov, OʻzA

Поделиться