O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mehrga muhtoj bolalar holidan xabar olish ham qarz, ham farz

2019-01-04 | Jamiyat

Bir-biriga mehr-muruvvat koʻrsatish xalqimizga xos fazilat. Ayniqsa, mehrga muhtoj bolalar holidan xabar olish ham qarz, ham farz. 

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari ana shunday savob ishga qoʻl urdi. Guliston shahar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan xodimlarning 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan farzandlari uchun Toshkent shahrida yangi yil bayrami tadbirlari uyushtirildi. 

Bolajonlar dastavval Mustaqillik shoh koʻchasida oʻrnatilgan Yangi yil archasiga olib borildi. Bu yerda oʻrnatilgan katta sahnada shodon kuy-qoʻshiqlar yangradi, Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari ishtirokida ezgulikning yovuzlik ustidan gʻolib kelishi haqida hikoya qiluvchi sahnalashtirilgan bayram tomoshalari kichkintoylarga olam-olam zavq bagʻishladi. 

Shundan soʻng, bolalar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Tushlikdan soʻng bolajonlar “Ashxobod” sayilgohida boʻlib, turli attraksionlarda miriqib dam oldi. “Xalqlar doʻstligi” saroyida bolajonlar uchun teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi. 

Bayram tadbiri soʻnggida bolajonlarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan yangi yil sovgʻalari tuhfa etildi. 

Bolalar shodligining cheki boʻlmadi. Bu baxtiyor onlar bayramga yanada fayz bagʻishladi.
 

Muattar Roʻziboyeva, OʻzA

Поделиться