O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqandda yoshlar uchun yangi sport inshooti foydalanishga topshirildi
2019-01-04 | Jamiyat
Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida Goʻzalkent shaharchasida 2-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining yangidan qurilgan sport inshootini ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari Sh.Moʻminjonov, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktori v.b. I.Mirzayev, Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari R.Qobilov, Pastdargʻom tumani hokimi B.Saʼdullayev ishtirok etdi va mazkur muassasa kelgusida yosh avlodning jismonan sogʻlom va barkamol insonlar boʻlib yetishida xizmat qiladigan dargohlardan biri boʻlishini taʼkidladi.
Ushbu majmuaning qurilishi joriy yilning avgust oyida boshlangan boʻlib, 2 milliard 800 million soʻmlik loyiha asosida bunyod etildi va 270 million soʻmlik 34 hildagi sport inventarlari bilan taʼminlandi. Ayni paytda muassasada 1150 nafar yoshlar 20 dan ortiq murabbiylar qoʻl ostida sportning 12 ta turi boʻyicha mashgʻulot olib borishadi.