O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Foyda soligʻini hisoblashda nimalarni bilishingiz kerak: joriy yilning 1-yanvaridan kiritilgan oʻzgarishlar

2019-01-04 | Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2019-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-508-sonli Qonuniga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan boshlab:

 

yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari pasaytirildi. Xususan:

soliqning bazaviy stavkasi 14 foizdan 12 foizga;

tijorat banklari uchun 22 foizdan 20 foizga tushirildi.

sement (klinker), poliyetilen granulalar ishlab chiqaruvchilar va mobil aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar uchun 20 foiz stavka belgilandi.

Bunda sement (klinker), poliyetilen granulalar ishlab chiqaruvchilar uchun qoʻshimcha foyda soligʻi bekor qilindi hamda mobil aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar uchun rentabellik darajasidan kelib chiqib, rentabellik darajasi 20 foizgacha 14 foiz, undan oshgan qismidan 50 foiz stavkada soliq solish tartibi bekor qilindi.

Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlardan toʻlov manbaida undiriladigan foyda soligʻi stavkasi 10 foizdan 5 foizga pasaytirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan va toʻlov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagi stavkalar oʻzgarishsiz saqlab qolindi:

dividendlar va foizlarga – 10 foiz;

sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlariga – 10 foiz;

xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) – 6 foiz;

yuqorida koʻrsatilganlardan boshqa turdagi soliq solinadigan daromadlariga – 20 foiz.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi solinadigan bazani aniqlash tartibini soddalashtirish hamda biznes yuritishga keng imkoniyat berish maqsadida, chegirilmaydigan xarajatlarning yopiq (tugallangan) ruyxati shakllantirilib, ushbu xarajatlarni keng talqin qilinishi oldi olindi.

Xususan, Soliq kodeksining 145-moddasi:

11-bandida ilgari vakillik xarajatlari uchun yalpi tushumning 1 % miqdorida chegirish huquqi boʻlsa, endilikda bu meʼyor olib tashlandi. Natijada soliq toʻlovchi hamkorlarini kutib olish, transport, ovqatlanish, turar joy va tarjimon bilan bogʻliq boʻlgan, hujjatlar bilan tasdiqlangan barcha xarajatlarini soliq solinadigan bazadan chegirish imkoni paydo boʻldi;

14-bandidagi xizmat safari, 32-bandidagi ixtiyoriy sugʻurta, 55-bandidagi mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash boʻyicha xarajatlari boʻyicha belgilangan chegaraviy meʼyorlar ham chiqarib tashlandi. Endilikda ushbu xarajatlarni toʻligʻicha chegirish mumkin;

shuningdek, ushbu modda yangi 61-62-bandlar bilan toʻldirildi. Unga koʻra, ishonchli boshqaruvchilar xizmatlarining qiymatini toʻlashga doir xarajatlar hamda Soliq kodeksining 147-moddasida koʻrsatilganlardan boshqa xarajatlar chegiriladigan xarajatlar hisoblanadi. Yaʼni, ilgari Soliq kodeksining 147-moddasi 27-bandiga muvofiq ushbu Kodeksning 142-145-moddalarida koʻrsatilganlardan boshqa xarajatlar soliq solinadigan foydadan chegirilmagan boʻlsa, endilikda mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar, agar chegirilmaydigan xarajatlarning yopiq roʻyxatida koʻrsatilmagan boʻlsa, soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirib tashlanadi.

Oʻz navbatida, Soliq kodeksining 147-moddasidan quyidagi chegirilmaydigan xarajatlar chiqarib tashlandi:

Soliq kodeksi 145-moddasining 11, 14 va 32-bandlarida belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar (xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ixtiyoriy sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta mukofotlari (badallari);

mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoxud mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha shikastlanishi sababli xodimlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlanadigan toʻlovlar;

sud chiqimlari;

soliq toʻlovchining boshqa mol-mulki (aktivlari) chiqib ketishidan (balansdan chiqarilishidan) koʻrilgan zararlar endi chegiriladigan xarajatlar sifatida eʼtirof etildi.

Shu bilan birga, Soliq kodeksining 147-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan quyidagilar chegirilmaydigan xarajatlar tarkibiga kiritildi. Endilikda:

pensiyalarga ustamalar bilan birga ularga qoʻshimchalar ham chegirilmasligi belgilandi;

har qanday turdagi homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablagʻlar, badallar;

Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti va boshqa shaxslar uchun toʻlangan soliqlar;

tekshirishlar natijasida qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar;

soliq toʻlovchining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlarga (sogʻliqni saqlash, sport va madaniyat tadbirlari, dam olishni tashkil qilish va boshqalar) qilingan xarajatlari;

kasaba uyushmalari qoʻmitalariga koʻrsatilgan yordamlar;

mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun qilingan xarajatlar (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish boʻyicha ishlar, qishloq xoʻjaligiga yordam koʻrsatish va boshqa turdagi ishlar)

kabi xarajatlar soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirilmaydi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha 2019-yil 1-yanvardan kiritilayotgan yana bir oʻzgarish – bu mahsulot (ish, xizmat) tannarxi oshib ketishini oldini olish maqsadida Soliq kodeksining 144-moddasida belgilangan asosiy vositalarga eskirish hisoblashning eng yuqori normalari qayta koʻrib chiqilib, foydalanish muddatiga bogʻliq holda ayrim asosiy vositalar guruhlarining ammortizatsiya normalari kamaytirildi. Jumladan, yillik ammortizatsiya normalari:

binolar, imoratlar (1-guruh 1-kichik guruh) uchun 5% dan 3% ga;

harakatlanuvchan transport (5-guruh 1-3 kichik guruhlari: temir yoʻl, dengiz va havo) vositalari uchun 8% dan 4% ga kamaytirildi.

Yuqoridagilardan tashqari, Soliq kodeksining 156-moddasida:

respublikamizdagi yuridik shaxslarning xalqaro birjalarda joylashtirilgan qimmatli qogʻozlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari olgan daromadlarga soliq solinmasligini nazarda tutuvchi imtiyoz belgilandi;

byudjetdan tashqari jamgʻarmalarning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini moliya bozorlarida joylashtirishdan olinadigan foizlar tarzidagi daromadlari boʻyicha imtiyoz bekor qilindi. Mazkur norma 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi.

Поделиться