O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
SHHT MATT Ijroqoʻmi yangi direktori ish boshladi
2019-01-04 | ShHT
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining qaroriga binoan 2019-yil 1-yanvardan boshlab Tojikiston Respublikasi vakili Jumaxon Gʻiyosov Toshkent shahrida joylashgan SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori hisoblanadi.
2017-2018-yillarda u SHHT MATT Ijroqoʻmi direktori oʻrinbosari boʻlib ishlagan, undan ham avvalroq Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasida va Diniy ishlar qoʻmitasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
2016-2018-yillarda Rossiya Federatsiyasi vakili Yevgeniy Sisoyev SHHT MATT Ijroqoʻmi direktori boʻlgan.