O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi yil bayrami munosabati bilan respublikamiz hududlarida tashkil etilgan ommaviy tadbirlar ko’ngildagidek o’tkazildi

2019-01-04 | Jamiyat

Barchamizga ma’lumki, Yangi yil bayramini ko’tarinki ruhda o’tkazish, xalqimiz kayfiyatini yanada chog’ qilish maqsadida, respublikamiz bo’yicha jami 293 ta joyda 1 200 dan ortiq bayram tadbirlari o’tkazilib, ommaviy kontsert dasturlari tashkil etildi. Ushbu bayram tadbirlari tinch va osuda, ortiqcha ko’ngilsiz voqea va hodisalarsiz o’tishi uchun ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kechayu kunduz kuchaytirilgan tartibdagi xizmat olib borildi.

Natijada respublikamizning barcha viloyat, shahar va tumanlaridagi bayram tadbirlari ko’ngildagidek o’tkazilib, hech qanday qo’pol huquqbuzarlik holatlari yuz bermadi. Hozirda ham bayram archalari o’rnatilgan maskanlarda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida kuchaytirilgan tartibdagi xizmat davom ettirilmoqda.

Bayramingiz ko’ngilli o’tsin!

Поделиться