O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumoti
2018-12-30 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Elchixonasi konsullik bo‘limi Ostona shahrida faoliyat yuritishni boshlashi munosabati bilan shuni ma’lum qilamizki, 2019-yilning 1-yanvaridan e’tiboran uning konsullik okrugiga Ostona shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qo‘stanay va Qarag‘andi viloyatlari kiradi.
O‘zbekistonnign Aqtau shahrida Bosh konsulxonasi ochilguniga qadar 2019-yilning 1-yanvaridan e’tiboran O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi konsullik okrugiga Olma-ota va Chimkent shaharlari, Olma-ota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil, Qizilo‘rda viloyatlari, shuningdek, Mang‘istau, G‘arbiy Qozog‘iston, Atirau va Aqto‘be viloyatlari kiradi.