O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya Elchisi bilan uchrashuv
2018-12-29 | Siyosat
2018-yilning 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmet Bashar Shenni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. 2017 va 2018-yillarda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi va ularning natijalari o‘zaro munosabatlarning barcha jabhalaridagi ikki tomonlama hamkorlikka yangi jo‘shqinlik berdi.
Ayni paytda ikki mamlakat prezidentlari raisligida O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi majlisini 2019-yili o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Shuningdek, turli darajalarda bo‘lajak boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Vazir Elchini ikki yillik samarali faoliyatini qayd etdi va davlatlararo aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan sezilarli hissasi uchun minnatdorchilik izhor etdi.
Elchi, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.