O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy saylov komissiyasining majlisi

2018-12-29 | Saylov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi boʻlib oʻtdi. Uni Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov boshqardi. 

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 6 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosining borishi toʻgʻrisidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi. 

Taʼkidlanganidek, Prezident qarori asosida Markaziy saylov komissiyasi tegishli vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda tasdiqlangan Saylov qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan barcha vazifalar oʻz muddatida va izchil ijro etilmoqda. 

Markaziy saylov komissiyasining yangi tashkiliy-shtat tuzilmasi tasdiqlanib, uning reglamentini va kotibiyat nizomini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlari tuzildi. Markaziy saylov komissiyasining oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan doimiy asosda ishlovchi komissiya aʼzolari va kotibiyat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlandi. 

2018 yilda Markaziy saylov komissiyasi 24 ta majlis oʻtkazib, 38 qaror qabul qildi. Shuningdek, qonun ijodkorligi yoʻnalishida Saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqildi va umumxalq muhokamasiga qoʻyildi. Hukumat portali va Markaziy saylov komissiyasi saytida eʼlon qilindi. Hududlarda 278 tadbirlar oʻtkazildi, ularda 30 mingdan ziyod fuqaro ishtirok etdi va 400 dan ortiq takliflar bildirildi. 

Markaziy saylov komissiyasi Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (BSOA), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT), Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH), Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) kabi xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻydi, xorijiy mamlakatlar saylov organlari bilan aloqalar mustahkamlandi. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasining vakillari Fidji Respublikasida boʻlib oʻtgan BSOA Ijroiya kengashida, Italiya Respublikasida Yevropa Ittifoqining Venetsiya komissiyasi sessiyasida va Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiya ishlarida ishtirok etdi. Komissiya vakillari MDH va SHHT missiyalari, BSOA ekspertlari tarkibida Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, Ozarbayjon, Malayziya, Janubiy Koreya, Turkiya, Latviya, Armanistonda boʻlib oʻtgan prezident va parlament saylovlari hamda referendumlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Bundan tashqari saylov huquqi sohasidagi milliy ekspertlarimiz Serbiya hamda Koreya Respublikasida tashkil etilgan oʻquv-treninglarida qatnashdi. 

Yigʻilishda Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil birinchi yarmiga moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi. Jumladan, Parlamentda qabul qilinadigan Saylov kodeksi mazmun-mohiyatini aholi va maxsus ijrochilarga yetkazish, 2019 yil dekabr oyida boʻlib oʻtadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va hokimiyatning vakillik organlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan tashkiliy-huquqiy tadbirlar rejalari tuzib olindi. Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik, aholining elektoral faolligini oshirish, saylov organlari xodimlarining kasbiy mahoratini yuksaltirishga qaratilgan choralar koʻrish va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash kabi yoʻnalishlar asosiy vazifalar sifatida belgilandi. 

Shuningdek, Xorazm viloyatida boʻshab qolgan oʻringa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi saylovi boʻyicha boʻlib oʻtgan qoʻshma majlisda saylangan F.Ermanovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi etib roʻyxatga olish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalar ham koʻrib chiqildi. 

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi faoliyatiga taalluqli barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Поделиться