O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tashqi ishlar vazirligida fuqarolar murojaatlarini tezda qabul qiladigan “Call-center” faoliyat boshladi
2018-12-29 | Siyosat
Fuqarolar bilan ishlashni mukammallashtirish, ularga tezkor va har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Call-center” yagona qisqa telefon raqamini ishga tushirdi.
1164 raqami 20 ta kanalga ega. +998-71-233-69-46 shahar raqami orqali ham telefon qilish mumkin.
“Call-center” har kuni soat 9.00 dan 18.00 gacha ishlaydi.
Yaqin vaqtlarda xorijdan qo‘ng‘iroq qilish uchun maxsus raqam o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, u tunu kun ishlashi kutilmoqda.