O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziriga maktub
2018-12-29 | Siyosat
2018-yilning 27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Beybut Atamkulovni Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi.
Tabrik maktubida O‘zbekiston TIV rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining jadal tus olayotganligi, sifat jihatdan yangi o‘zaro ishonch, hurmat va qo‘llab-quvvatlash muhiti kuzatilayotganligini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
“Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sherikchiligini izchil oshirish uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz”, deb ishonch bildirildi.
Maktub so‘ngida Abdulaziz Kamilov Beybut Atamkulovni yangi 2019-yil bilan tabrikladi va unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va mas’uliyatli lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.