O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "ishonch telefoni" faoliyatini baholash statistikasi
2018-12-27 | Iqtisodiyot
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Ishonch telefoni”ga 2018 yil davomida jami 690 ta murojaatlar kelib tushgan, shundan 2018 yilning 25 dekabr holatida 673 ta murojaatlar ko’rib chiqilgan, 17 ta murojaatning ko’rib chiqish muddatlari mavjud.
Mazkur murojaatlardan 275 tasi ijobiy hal etilgan (qanoatlantirilgan), 390 ta murojaatga qonunchilik doirasida tushuntirishlar berilgan hamda 8 ta murojaat ko’rmasdan qoldirilgan (ilgarigi murojaatini qaytarib olish yoki ko’rmasdan qoldirishni so’rash haqidagi arizasiga ko’ra va anonim murojaatlar).
Jumladan, ish haqi bo’yicha masalalar 355 ta, nazorat taftish masalasida 76 ta, ijtimoiy nafaqalar bo’yicha 52 ta, pensiyaga oid masalalarda 38 ta, soliq, sug’urta va boshqa masalalarda 169 ta murojaatlar kelib tushgan.
Vazirlik “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlar ma’sul xodim tomonidan zudlik bilan “mf.ijro.uz” dasturiga kiritilib rahbariyat hamda tegishli mutaxassislarga yetkazilmoqda. Murojaatda ko’tarilgan masalalar imkon qadar ijobiy hal etilib, bu haqda muallifga telefon orqali hamda o’rnatilgan tartibda yozma ma’lum qilinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 18 avgustdagi 431-sonli “Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida “Ishonch telefoni” faoliyati samaradorligini baholash metodikasini tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’iga asosan Moliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga IVR-mijoz tizimi tomonidan telefon klaviaturasida tonal terish yordamida kiritilgan malumotlarni ishlatib, “Ishonch telefoni”ga qo’ng’iroqlarni marshrutlashtirish funktsiyasini amalga oshiruvchi oldindan yozib olingan ovozli xabarlar tizimini o’rnatish bo’yicha AK “O’zbektelekom” bilan shartnomalar tuzildi va “Ishonch telefoni”ga IVR-mijoz tizimi o’rnatildi.
Shunga ko’ra ushbu tizim imkoniyatlari doirasida “Ishonch telefoni” faoliyatini baholash imkoniyati mavjud. Operator bilan suhbatdan so’ng suhbat jarayonini 1 dan 5 gacha ballda baholanadi. “Ishonch telefoni”ga bo’lgan qo’ng’iroqlarni baholash statistikasiga ko’ra “Ishonch telefoni” faoliyati jami 73 kishi tomonidan baholangan. 55 kishi 5 ballga, 5 kishi 4 ballga, 5 kishi 3 ballga, 3 kishi 2 ballga, 5 kishi 1 ballga baholagan.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqishda asosiy etibor murojatlarni har tomonlama, sinchkovlik bilan o’rganishga qaratilgan bo’lib, ko’p hollarda, rahbariyat topshirig’iga asosan, qo’yilgan muammo yoki shikoyatlarni joylarga chiqib o’rganish amaliyoti joriy etildi.