O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Muomala davri 6 oy boʻlgan davlat qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boʻyicha 2018 yil 26 dekabrda oʻtkazilgan auktsion natijalari haqida ma'lumot
2018-12-27 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 26 dekabr kuni Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 6 oy boʻlgan (diskontli) 1 mln. soʻm nominal qiymatga ega umumiy hajmi 200 mlrd. soʻmlik 200 ming donadavlat qimmatli qogʻozlarini joylashtirish boʻyicha auktsion oʻtkazildi.
Auktsionda 10 ta diler ishtirok etib, ular tomonidan 223 mlrd.soʻm hajmida 239 270 dona raqobatli buyurtmalar taklif etildi. Auktsion davomida 184,1 mlrd.soʻmmiqdoridagi 197 100 dona qimmatli qogʻozlar joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 98,5 foizi).
Qimmatli qogʻozlarni soʻndirish kuni (2019 yil 26 iyun) auktsionda joylashtirilgan davlat qimmatli qogʻozlarning soʻndiriladigan umumiy hajmi 197,1 mlrd. soʻmnitashkil etadi. Qimmatli qogʻozlarning oʻrtacha tortilgan daromadliligi yillik 14,1 foiznitashkil etdi, bunda minimal daromadlik darajasi - 13,7 foizni va chegara narxi boʻyicha maksimal daromadlilik darajasi - 15,1 foizni tashkil etdi.