O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirilishi toʻgʻrisida press-reliz
2018-12-27 | Iqtisodiyot
Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018 yil 14 noyabrdagi 144-son buyrug’i bilan Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi. Nizom belgilangan tartibda Adliya vazirligida 2018 yil 21 dekabrda 3105 ro’yxat raqam bilan ro’yxatga olindi (2019 yil 23 martdan kuchga kiradi).

Nizomning asosiy talablari xalqaro standartlar asosida professional sertifikatlash va auditorlar malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratishga, auditorlik kasbida tajribali xodimlarni va yosh mutaxassislar manfaatdorligini saqlab qolishga qaratilgan.
Xususan, Nizomda quyidagilar belgilangan:
• auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini o’n yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berish tartibi;
• malaka imtihoni test sinovi usulida kompyuter texnikasidan foydalangan holda o’tkazish;
• da’vogarlarga malaka talablari soddalashtirish (auditorlar tayyorlash kursida o’qish hamda buxgalterlarni xalqaro va milliy sertifikatlash doirasida “Moliyaviy hisob” fanini topshirish majburiyati to’g’risida talablar bekor qilinishi);
• malaka sertifikatini olish uchun yig’im summasi kamaytirish;
• yillik malaka oshirishdan o’tmaslik bir marotaba qo’pol ravishda buzish hisoblanishi va boshqalar.
Mazkur hujjatning to’liq matni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.