O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Chegara masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Qirg‘iziston muzokaralari
2018-12-27 | Siyosat
2018-yilning 20-27-dekabr kunlari Toshkent shahrida Davlat chegarasini delimitatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida ishchi guruhlarining O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma (2017-yil 5-sentabr) imzolanganidan keyingi faoliyati yakunlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv do‘stona muhitda o‘tdi.
Muzokaralar yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi.