O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moliya vazirligi g’aznachiligi va O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi o’rtasidagi davlat xaridlari tizimidagi elektron ma’lumot almashinuvi jarayoni takomillashmoqda
2018-11-22 | Iqtisodiyot
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 2018 yil 20 noyabr kuni Moliya vazirligi G’aznachiligi, Axborot hisoblash markazi, “Fido-biznes” MChJ va O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi (O’zRTXB) mas’ul xodimlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi PQ-3953-sonli “O’zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida davlat xaridlari soxasida elektron ma’lumot almashinuvini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida O’zRTXB va Moliya vazirligi axborot tizimlari o’rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi yuzasidan yangi yo’nalishlar aniqlanib olindi.
Jumladan, elektron tizimlar orqali elektron hisob-fakturalar bo’yicha ma’lumotlar almashinuvini joriy etish, to’lov tizimini soddalashtirish, tender, tanlov natijasida va to’g’ridan-to’g’ri tuzilgan shartnomalar to’g’risida ma’lumotlarni maxsus axborot portali orqali Moliya vazirligi axborot tizimiga yuborilishi yuzasidan istiqboldagi vazifalar va ularni echish yo’llari muhokama etildi.