O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat raqobat qoʻmitasida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari doirasida Forum boʻlib oʻtdi

2018-12-19 | Iqtisodiyot

2018 yil 18 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasida “Foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari: tahlillar, imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusida forum bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqqan holda hamda Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan so'nggi 2 yilda bo'sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo'yicha davlat siyosatida tub burilish yuz berdi.

Har bir bo'sh turgan ishlab chiqarish maydoni – hududlarimizga qo'shimcha investitsiyalarni jalb etish manbasi, yangi ish o'rinlarini tashkil etish imkoniyati deganidir.

Davlat ob'ektlarini xususiy mulkdorlarga berish jarayonlarini soddalashtirish, mahalliy hokimiyat organlari vakolatlarini kengaytirish, mulkdan samarali foydalanishda mulkdorlarga qo'shimcha rag'bat yaratish, investorlarni keng jalb etishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 ta farmoni hamda 4 ta qarori, qolaversa Hukumat tomonidan bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi.

Ayniqsa, xususiy mulkdorlarga tegishli ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona foydalanishni tashkil etishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 sentyabrdagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3928-sonli hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Mazkur qaror doirasida o'tkazilgan xatlov natijasida 48150 ta bo'sh turgan va foydalanilmayotgan ob'ektlar mavjudligi aniqlandi. Idoralararo komissiyalar tomonidan har bir ob'ektga individual yondashuv asosida mulkdorlar bilan muzokaralar o'tkazilmoqda va mulkdorlar oldida turgan muammoli holatlarni bartaraf etish hisobiga ayni vaqtgacha 15205 ta investitsiya loyihalari ishlab chiqildi. Ularni to'liq amalga oshirish orqali hududlarga 11,0 trln so'mdan ortiq xususiy investitsiyalar jalb qilinishi, 40,0 mingtadan ortiq yangi ish o'rinlarini yaratish ko'zda tutilgan.

2018 yilning o'tgan davrida 4254 ta loyiha ishga tushirilgan bo'lib, 15 ming nafar ish o'rni yaratilishi ta'minlandi.

Mazkur yo'nalishdagi ishlar sur'atini yanada oshirish, masalaga dahldor vazirliklar, idoralar va hamkor tashkilotlar o'rtasida operativ hamkorlikni yo'lga qo'yish, 2019 yilda bo'sh turgan ob'ektlarni ishga tushirish bo'yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda mulkdorlarga yaqindan ko'mak berish maqsadida tashkil etilgan mazkur forumda investitsiya loyihalarini puxta ishlab chiqish va amalga oshirishda tijorat banklarining roli va faol ishtirokiga alohida urg'u berildi.

Forumni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad: mulkdorlarga amaliy yordam ko'rsatish amaliyotini yanada takomillashtirish, Davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifa – har bir ob'ektdan samarali foydalanishni ta'minlash, bu borada barcha davlat organlari va tijorat banklari o'rtasida hamkorlikni kuchaytirishdir.

Forumda shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O'zbekiston Respublikasi markaziy banki, Davlat soliq qo'mitasi, Yergeodezkadastr davlat qo'mitasi, Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi va manfaatdor vazirlik hamda idoralar vakillari, tijorat banklari, hamda ommaviy-axborot vositalari ishtirok etdilar.

Поделиться