O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi axboroti
2018-12-17 | Siyosat
O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra 2018-yilning 16-dekabr kuni Moskva viloyatining Domodedovo shahrida baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, uning oqibatida Shestovo qishlog‘ida qurilayotgan mehmonxona binosida bir nechta chet el fuqarolari is gazidan zaharlangan. Ular orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari ham bor:
1. Qayumov Irisbek Oloverdiyevich, 1990-yil 14-martda Andijon viloyatida tug‘ilgan;
2. Jabborov Sherzod Ne’matjonovich, 1975-yil 13-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan.
Hozirda O‘zbekiston Elchixonasi Rossiyaning tegishli hokimiyat idoralari bilan amaliy aloqalarni ushlab turibdi.