O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Favqulodda vaziyatlar vazirligida ijodiy uchrashuv

2018-12-17 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3898-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2018 yilning 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

Mazkur memorandum asosida joriy yilning 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston kahramoni shoir Erkin Voxidov ijodiga bag‘ishlangan – “Shoiru she’ru shuur” mavzusida atoqli adabiyotshunos O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon va shoir Rustam Mirvoxid ishtirokida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchilar va xizmatchilar jami 70 nafar xodim ishtirok etdi.

Поделиться