O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident “Vatanparvarlar” bogʻini koʻzdan kechirdi

2018-12-14 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida barpo etilgan “Vatanparvarlar” bogʻini borib koʻrdi.

Bu majmua davlatimiz rahbarining viloyatga avvalgi tashrifida bergan koʻrsatmasiga muvofiq vatanparvarlik ruhida rekonstruksiya qilingan.

Qariyb 7 gektar hudud obodonlashtirilib, muzey va blendaj qurilgan. Ikkinchi jahon urushida mardonavor jang qilgan vatandoshlarimiz xotirasi jonlantirilgan. Muzey atrofida tarixiy harbiy texnikalar joylashtirilgan.

Bogʻ markazida Oʻzbekiston xaritasining ulkan maketi barpo etilgan. Unda har bir hududning buyuk siymolari, qadimiy obidalari, serviqor togʻlari, bepoyon kengliklarigacha aks ettirilgan.

Bularning barchasi yoshlarning tarix haqidagi bilimlarini oshirib, mamlakatimizdan, ajdodlarimizdan, milliy armiyamizdan gʻururlanish tuygʻularini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bogʻdagi sunʼiy koʻl, amfiteatr, oʻq otish va qoyaga chiqish joylari yoshlarning vaqtini mazmunli oʻtkazish, salomatligini mustahkamlashga yordam beradi.

Prezidentimiz bogʻdagi sharoitlarni koʻzdan kechirdi, taʼlim muassasalaridagi “Jasorat” guruhlari aʼzolari bilan suhbatlashdi.

- Bunday maskanlar yoshlarga xalqimiz tarixi, maʼnaviyati va madaniyati haqida yaqqol taassurot beradi. Endi bundan samarali foydalanish, bu yerga yoshlarni koʻproq olib kelib, ochiq darslar oʻtkazish kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oʻzbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaga qoʻshgan hissasini yoshlarga yetkazish, tinchlik-osoyishtaligimiz uchun katta xizmatlar qilgan vatandoshlarimiz haqida soʻzlab berish zarurligi taʼkidlandi.

Поделиться