O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi xodimlar Mudofaa vazirligi maxsus kurslarida malaka oshiradi

2018-12-14 | Jamiyat

Qoraqalpogʻiston Respublikasida tajriba tariqasida jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlarni Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qism bazasida ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslarida muntazam oʻqitish tizimini joriy etishga kirishildi.

Mazkur yangilik Oʻzbekiston Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosi boʻyicha amalga oshirilmoqda.

Farmoyish asosida ishlab chiqilgan yoʻl xaritasiga koʻra, Nukus shahri va tumanlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholini maʼnaviy-maʼrifiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning Mudofaa vazirligi bilan hamkorligi yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur hujjat ijrosi yuzasidan Nukus shahri Yoshlar markazida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari hamkorligida “Jinoyatchilikning oldini olishning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” deb nomlangan anjuman oʻtkazildi.

Anjuman doirasida yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini va sportni ommalashtirish maqsadida tashkil etiladigan sport musobaqalari, ommaviy sport festivallari va spartakiadalar, suhbat-treninglarni oʻtkazishda “Fidokor yoshlar” jamoatchilik guruhlariga eng ilgʻor harbiy xizmatchilar, askarlar ham kiritilishi belgilab olindi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini amalga oshirishda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi imkoniyatlari hamda ofitser va serjantlarning harbiy vatanparvarlikni tashkil etish yoʻnalishidagi ilgʻor tajribasidan unumli foydalanishga urgʻu berildi.

Поделиться