O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini yangi turdagi ust-bosh namunalarini yaratish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

2018-12-14 | Jamiyat

Shu yilning 28-noyabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Oʻzbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev hal etilishi lozim boʻlgan bir qator muhim vazifalarni belgilagan edi.

Ular ichida mamlakat Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun zamonaviy texnologiyalar asosida ixcham va qulay harbiy ust-bosh kiyimlarni yaratish ham bor. 12-dekabr kuni Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan tashkil etilgan ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Prezidenti 2017-yil 28-avgust kuni Samarqand viloyatiga amalga oshirgan tashrifida Kattaqoʻrgʻon umumqoʻshin poligonida harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv oʻtkazgan edi. Uchrashuvda harbiy xizmatchilarning kiyim-kechaklari va anjomlarini ishlab chiqarishda past sifatli matolardan hamda eskirgan texnologiyalardan foydalanilayotganiga alohida eʼtibor qaratib, tegishli vazirlik va idoralarga 2018 yil davomida harbiy ust-bosh kiyimlarini tikish uchun respublikamizning tabiiy iqlim sharoitiga mos keladigan yengil va pishiq tolalardan tayyorlangan maxsus matolar ishlab chiqarish vazifasi yuklatilgan edi.

Shundan soʻng mazkur sohada ilgʻor tajribaga ega boʻlgan rivojlangan xorijiy davlatlar: Xitoy, Germaniya, Italiya, Turkiya, Pokiston va Ozarbayjonning harbiy kiyim-kechaklari oʻrganilib, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar hamkorligida yangi koʻrinishdagi harbiy kiyimlarning namunalari tikib tayyorlandi.

“Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida mamlakatimizning yetakchi korxona va fabrikalarining tajribali dizayner mutaxassislarini jalb etgan holda shu yil yakuniga qadar Qurolli Kuchlarning barcha kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari uchun zamonaviy, ixcham, respublikamizning tabiiy iqlim sharoitiga mos va har tomonlama qulay harbiy liboslar va ularning asosi boʻlgan farqlovchi belgilar (artibutikalar) namunalarini ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish boʻyicha soʻnggi xulosaga kelish vazifasi yuklatildi. Bugungi yigʻilishda ana shu masala yuzasidan fikr almashdik, bajarilishi lozim boʻlgan ishlarni belgilab oldik”, — deydi Mudofaa vazirligi Buyum taʼminoti boshqarmasi boshligʻi mayor Rustam Maxmudov.

Yigʻilish yakuniga koʻra, barcha vazirlik va idoralar zimmasiga yuklatilgan vazifani oʻz vaqtida bajarish hamda belgilangan muddatga qadar topshiriqni bekamu koʻst ado etishga kelishildi.

Поделиться