O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Elchisi Shvetsiya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

2018-12-13 | Siyosat

2018-yilning 12-dekabr kuni Stokgolm shahrida O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Berlin shahrida) Nabijon Qosimovning Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida Qirol Karl XVI Gustav 1978-yilda rafiqasi Qirolicha Silviya bilan Toshkent va Samarqand shaharlariga tashrifini juda mamnuniyat bilan esladi. Ushbu safar O‘zbekiston to‘g‘risida eng iliq va yorqin xotiralar hamda go‘zal qadimiy Samarqandning chuqur taassurotlari bilan yodlarida qolganligi qayd etildi.

Qirol mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni olqishladi va Shvetsiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Xususan, O‘zbekistonning boy tarixiy va me’moriy merosi, shuningdek, o‘zbek xalqining noyob madaniyati va an’analarini inobatga olgan holda, sayyohlik sohasidagi hamkorlik istiqbolli bo‘lishi mumkin.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligining savdo masalalari bo‘yicha bosh direktori Teppo Tauriainen, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha deportamenti direktori o‘rinbosari Martina Kuik, shuningdek, Shvetsiya investitsiya va savdoga ko‘maklashish agentligi “Business Sweden”, “Ericsson”, “Scania”, “Jambo Tours”, “TEMA” kompaniyalari va “Silc” nohukumat tashkiloti vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda ko‘p qirrali ikki tomonlama sheriklikni, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsion va turizm sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashning aniq masalalari muhokama qilindi.

Shvetsiya kompaniyalari delegatsiyasining 2019-yil fevral oyida O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Поделиться