O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat statistika qo`mitasi faoliyatiga oid matbuot anjumani bo`lib o`tdi

2018-12-12 | Iqtisodiyot

2018 yil 10 dekabr kuni soat 11:00da “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “Davlat statistika qo`mitasi tizimida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasi rahbariyati, markaziy apparat tarmoq boshqarmalari boshliqlari va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, mamlakat hukumati tomonidan foydalanuvchilar uchun rasmiy statistika ma`lumotlarini maksimal darajada ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini ta`minlash bo`yicha qat`iy choralar ko`rilmoqda. O`z navbatida, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan www.stat.uz rasmiy saytining yangilangan shakli ishlab chiqildi va ishga tushirildi. Saytning yangilangan shakli foydalanish uchun qulay bo`lgan interfeysda yaratilgan. Unda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida statistik ma`lumotlar bir bo`limda yaxlitlangan, tahliliy ma`lumotlar va press-relizlar chop etilishi yo`lga qo`yilgan, barcha ma`lumotlar uch tilda (o`zbek, rus va ingliz) joylashtirib boriladi.

Mamlakatimiz va viloyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini infografika, diagramma, video, maqola, tahliliy materiallar, taqqoslashlar va boshqa zamonaviy usullar shaklida muntazam yoritib borish borasida ommaviy axborot vositalari bilan yaqin va samarali hamkorlik o`rnatilgan.

Bundan tashqari, tadbirda Davlat statistika qo`mitasining Facebook ijtimoiy tarmog`ida sahifasi va Telegram messenjerida guruhi ochilgani bo`yicha ma`lumotlar berib o`tildi.

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro valyuta fondi, Yevrostat va boshqa halqaro tashkilotlar va statistika institutlari bilan statistik hisobotlarning uslub va uslubiyotlarini takomillashtirish va ularni umume`tirof etilgan halqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo`yicha faol ish olib borilayotganligi ta`kidlandi. Xususan, kichik korxonalar, mikrofirmalar, dehqon va fermer xo`jaliklari statistik kuzatuvlari takomillashtirildi, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida norasmiy faoliyatni iqtisodiyotning turli sektorlarida muntazam statistik kuzatuvlari tizimi kengaytirildi, inflyatsiya darajasini hisoblash va monitoringining yangi uslubiyati joriy etildi, “Milliy hisoblar tizimi — 2008” tavsiyalari asosida hisobning uslub va uslubiyatlari takomillashtirildi.

Davlat statistika organlari oldida turgan global muammolardan biri xorijiy mamlakatlar axborot resurslarida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi haqida ishonchli va aniq statistik ma`lumotlarni joylashtirib borish hisoblanadi.

Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan muntazam ravishda mamlakatning yetakchi oliy o`quv yurtlarida seminarlar va davra suhbatlari o`tkazilmoqda va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Yuqoridagilar qatorida, matbuot anjumani davomida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari besh yillik qiyosiy statistik tahlillar ko`rinishida taqdim etildi.

Matbuot anjumanida Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

Поделиться