O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
XMT delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi haqida
2018-12-12 | Siyosat
2018-yil 13-dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi.
XMT delegatsiyasining tashrifi dasturidan Hukumat, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
Bosh direktor Gay Rayder Toshkentda “Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida munosib bandlikni ta’minlash: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro konferentsiyasida ham ishtirok etadi.