O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Alohida topshiriqlar bo‘yicha AQSh elchisi bilan uchrashuv

2018-12-11 | Siyosat

2018 yil 11 dekabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari S.Artikovaning AQShning odam savdosi monitoringi va unga qarshi kurashish sohasidagi alohida topshiriqlari bo‘yicha elchisi J. Richmond bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar majburiy mehnatning oldini olish va odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan respublikada ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning muhimligini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, AQSh O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni, jumladan majburiy mehnatning barcha shakllariga barham berish va odam savdosiga qarshi kurashishda davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari hamkorligini mustahkamlash borasidagi harakatlarni ijobiy baholamoqda.

Tomonlar ta’kidlaganidek, yurtimizda olib borilayotgan ishlar O‘zbekistonning inson huquqlari va erkinliklarini, shu jumladan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini to‘liq ta’minlashga sodiqligini namoyon etmoqda. Mamlakatimizda AQSh bilan hamkorlik doirasida bu sohada birgalikda sa’y-harakatlar olib borayotgani ham buni tasdiqlaydi.

Uchrashuvda odam savdosiga qarshi kurashish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu sohada sustkashlik butun dunyoda ko‘plab salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi ta’kidlandi. Jumladan, bu korruptsiyani yuzaga keltiradi, qonun ustuvorligiga putur yetkazadi, fuqarolik jamiyatining poydevori bo‘lgan asosiy qadriyatlarni barbod qiladi. Shu munosabat bilan mazkur yo‘nalishda yangi yondashuvlarni qo‘llash va sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tomonlar o‘zlari manfaatdor bo‘lgan boshqa masalalarni ham muhokama qildi.

Поделиться