O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi “Buyuk Kelajak” bilan memorandum imzoladi

2018-12-10 | Innovatsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “Buyuk Kelajak” Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi. Memorandumni vazir oʻrinbosari Yoʻlbarsxon Mansurov va “Buyuk Kelajak” XNNN ijrochi direktori v.b. Zuhra Azimova imzoladilar.

Unga koʻra qonun va meʼyoriy hujjatlarni tayyorlash va takomillashtirish, jumladan, 2019–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Buyuk Kelajak” ekspertlarining xalqaro tajribasidan foydalanish koʻzda tutilgan boʻlib, yurtimizni Global innovatsion indeksi boʻyicha ilgʻor 50 davlatlar qatoriga kirishini taʼminlash bosh maqsad qilib belgilangan.

Taʼkidlash joizki, “Buyuk Kelajak” ekspertlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarni qoʻllab-quvvatlagan holda xalqimiz farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish yoʻlida amaliy bilimlar va loyihalarni ishlab chiqishda Oʻzbekistonning intellektual imkoniyatlaridan samarali foydalanish niyatida tuzilgan.

Bugungi kunga kelib Ekspertlar kengashi oʻz sohasida yetuk mutaxassis boʻlgan, Rossiya, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Kanada, Daniya Shveysariya, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Singapur, Yaponiya, Turkiya, Qozogʻiston, Finlyandiya kabi davlatlarda istiqomat qiladigan 240 nafardan koʻproq oʻzbekistonlik vatandoshlarni birlashtirgan.

Y. Mansurovning taʼkidlashicha, tomonlar taʼlim, ilm-fan, yuqori texnologiyalar, AKT, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, ogʻir va yengil sanoat, ijtimoiy xizmatlar, turizm, transport infratuzilmasi, energetika, uy-joy va kommunal xoʻjaligi, ilmiy-tadqiqot ishlari va Strategiyada belgilangan boshqa asosiy yoʻnalishlarni rivojlantirish va ularga innovatsiyalarni tatbiq etish boʻyicha hamkorlik munosabatlarini oʻrnatadilar.

Memorandumda yetakchi oliy taʼlim muassasalarida Forsayt markazlarini tuzish orqali innovatsion faoliyat rivojlanishini prognozlashtirish, shuningdek innovatsiyalar, texnologiyalar transferi, intellektual mulk obyektlarini boshqarish boʻyicha ilmiy seminarlar, mahorat darslari, xakatonlar, biznes-treninglar tashkil etish nazarda tutilgan.

Поделиться