O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2018 yil 9 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya oʻtkazildi

2018-12-10 | Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda buxgalterlar va auditorlar professional jamoati tomonidan buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi Rossiya va xalqaro auditorlik tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari ishtirokida “Iqtisodiyotning globallashuvi sharotida buxgalteriya hisobi, tahlil va auditni takomillashtirish: nazariya, amaliyot, istiqbol” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya oʻtkazildi.

Konferentsiyaning asosiy maqsadi 2018 yil uchun auditorlik xizmatlari bozorini rivojlantirish natijalarini shakllantirish va 2019 yil uchun auditorlik faoliyatini rivojlantirishning navbatdagi yoʻnalishlarini aniqlash hamda Auditning xalqaro standartlarini qoʻllashning Rossiya amaliyotini oʻrganish boʻldi. Konferentsiyada auditorlik faoliyatini isloh qilishning milliy amaliyoti bilan tanishtirish uchun Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi boʻlim boshligʻi – Haydarov Sh.U. soʻzga chiqdi.

Konferentsiya ishtirokchilari uchun xoʻjalik yurituvchi subʼektlar faoliyati samaradorligi va tahlilini aniqlash masalalari boʻyicha M.V. Lomonosov nomidagi MDU kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori Sheremet A.D. (RFda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, RFda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi, Rossiya Moliya vazirligi qoshidagi Auditorlik faoliyati boʻyicha kengashning Ishchi organi aʼzosi, NNT “Hamdoʻstlik auditorlari assotsiatsiyasi” Prezidenti) tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi.

Shuningdek, konferentsiya davomida Rossiyada auditni rivojlantirishning muammolari va istiqbollari boʻyicha Nosova O.A. maʼruza qildi (“Hamdoʻstlik auditorlari assotsiatsiyasi” Bosh direktori, auditorlik va nazorat-tashtif faoliyatini qonunchilik bilan taʼminlash boʻyicha RF Davlat Dumasining Ekspert kengashi aʼzosi). I.f.n. N.V. Kobozovaning (“Hamdoʻstlik auditorlari assotsiatsiyasi” sifat nazorati boʻyicha direktori, Rossiya Moliya vazirligi qoshidagi Auditorlik faoliyati boʻyicha kengashning Ishchi organi aʼzosi, “Konsalt-Audit” MChJ direktori) maʼruzasi auditorlik xizmatlari sifatini oshirish instrumenti sifatida tashqi nazoratga bagʻishlandi. Konferentsiya doirasida Tulaxodjayeva M.M. (Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengash raisi, TDIUning “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi professori) “Auditorlik tashkilotlari renkingini oʻtkazish” taqdimotini taqdim qildi. Maʼruzalar va taqdimot materiallari hamda buxgalteriya hisobi, tahlil va audit sohasidagi amaliy masalalar boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi.

Поделиться